03:23 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
471 0 0

Kecha, 5 may kuni soat 14:50 dan boshlab Afgʻonistonga elektr energiyasi eksporti oy boshidan yetkazib berilayotgan (sutkalik oʻrtacha 1,4 mln kVt·s) qiymatga nisbatan deyarli ikki baravar kamaydi.

TOSHKENT, 6 may - Sputnik. Harbiy harakatlar tufayli yuz bergan nosozliklar Afgʻonistonga elektr energiyasi eksportini ikki baravar kamaytirdi, deb xabar bermoqda "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari".

Vosstanovitelnыe rabotы na LEP v Uzbekistane
Natsionalnыe elektricheskiye seti Uzbekistana
Vosstanovitelnыe rabotы na LEP v Uzbekistane

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 26 aprel kuni Afgʻoniston Islom Respublikasi hududidagi "Puli Xumri» va «Chimtala» podstantsiyalari oraligʻidagi 220 kVli 255- va 256-raqamli havo tarmoqlarining 562-sonli tayanch ustuniga harbiy harakatlar tufayli zarar yetgan edi.

Buning oqibatida Afgʻonistonga elektr energiyasi yetkazib berish amaliyoti 280 MVtdan «nol» qiymatga kamaygan.

Soʻngra ushbu nosozlik "Da Afghanistan Breshna Sherkat" (DABS) elektr tarmoqlari kompaniyasi tomonidan bartaraf etilib, eksport amaliyoti tiklangani haqida maʼlumot berilgandi.

"DABS" shirkatidan olingan oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Afgʻoniston Islom Respublikasi hududida davom etayotgan harbiy harakatlar tufayli hozirda elektr uzatish tarmoqlarida yana bir qator nosozliklar kelib chiqqan.

Kecha, 5 may kuni soat 14:50 dan boshlab Afgʻonistonga elektr energiyasi eksporti oy boshidan yetkazib berilayotgan (sutkalik oʻrtacha 1,4 mln kVt·s) qiymatga nisbatan deyarli ikki baravar kamaydi.

Maʼlum boʻlishicha, elektr tarmoqlari kompaniyasi vakillaridan olingan maʼlumotlarga koʻra shikastlangan elektr tarmoqlarini tiklash uchun sozlash-taʼmirlash ishlarini bir necha kun olib borish talab etiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumatlararo kelishuvga asosan, «Da Afghanistan Breshna Sherkat» (DABS) va «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ oʻrtasida 2019 yil 25 dekabrda imzolangan shartnomaga muvofiq elektr energiyasi Oʻzbekiston Respublikasidan Afgʻoniston Islom Respublikasiga muntazam ravishda yetkazib berilmoqda (Afgʻonistondagi texnik nosozliklar tufayli sodir boʻlgan uzilishlar bundan mustasno).

Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" aktsiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan hududiy elektr korxonalariga transportirovka qilish, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shugʻullanadi.

Jamiyatning eksport amaliyotlaridan tashqari elektr energiyasi importi yuzasidan toʻlov majburiyatlari ham mavjud.

Asosiy mavzular