23:26 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
48810

Ushbu mablagʻlar falokatdan jabrlangan 5202 oila boshliqlari shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazilishi aytilmoqda

TOSHKENT, 8 may - Sputnik. Alisher Usmonov Sirdaryo viloyatidagi toʻgʻon oʻpirilishi oqibatlarini bartaraf etish uchun 10 million dollar mablagʻ ajratmoqda.

© Sputnik /

Ularning 5 million dollari - Oʻzbekistonga ajratiladi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlar. Turkiston viloyati akimligi esa 5 million dollar mablagʻ Qozogʻistonga ajratilishini maʼlum qilgan.

"Ushbu pul mablagʻlari jabr chekkan fuqarolar - 5202 oilalar boshliqlari hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Sirdaryo viloyatida 1 may kuni Sardobada toʻgʻon oʻpirilishi yuzaga kelgan edi.

Sardobadagi toʻgʻon oʻpirilishi: yozda suv yetadimi, yer ahvoli ne kechadi — ekolog izohi >>>

Texnogen avariya oqibatida bir necha aholi yashash punktlari million kubometr loy ostida qolgan. Oqim oʻz yoʻlida xususiy uylarning aksariyatini yoʻq qilgan, 8ta bolalar bogʻchasi, 16ta maktab, 7ta tibbiy muassasa, bitta kollej, 7ta qabriston, 3ta masjid va 13ta respublika ahamiyatiga molik koʻpriklarga zarar yetgan. Yoʻllarni suv yuvib ketgan, dehqon bozori yoʻq qilingan.

Afsuski, nafaqat obʼyektlar balki insonlar hayotiga ham chang solindi. Hodisa oqibatida toʻrt kishi halok boʻlgan.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular