12:52 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
749 0 0

Ayni paytda shaharda SES inspektsiyasi, IIB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va milliy gvardiya xodimlaridan iborat 10 ta mobil nazorat guruhi ishlamoqda

TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Ertadan, 13 maydan boshlab Samarqand shahrida karantin choralari yana kuchaytirilmoqda.

Taʼkidlanishicha, karantin qoidalarining yanada qatʼiylashtirilishiga ayrim fuqarolarning "choralar yumshatilishi mensishmagani, suʼiisteʼmol qilganliklari" sabab boʻlgan.

Shu tufayli, 13 may ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha hamda kech 17:00 dan 20:00 gacha boʻlgan avtotransport vositalarining erkin harakatlanishi cheklanadi;

* oziq-ovqat savdo doʻkonlari, dorixonalar va dehqon bozorlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bundan boshqa barcha xizmat turlari cheklanadi;

* oziq-ovqat savdo doʻkonlari, dorixona va dehqon bozorlariga kirishda har bir kishining tana harorati oʻlchanadi. Bozor yoki savdo majmuasiga kirayotganda dez vositalar bilan ishlov beriladi;

* shaharga kirishda oʻrnatilgan 25 ta blok postlar faoliyati kuchaytiriladi. Shaharga maqsadsiz kirish va shahar ichida maqsadsiz va stikerlarsiz harakatlanish cheklanadi;

* shahardagi viloyat va shahar tashkilotlarida karantin qoidalariga qatʼiy amal qilinishi nazorat qilinadi va bunda boshqarma va tashkilot rahbarlarining shaxsiy masʼuliyati oshiriladi. Karantin qoidalariga amal qilmagan tashkilot rahbarini Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddalari bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi masalasi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan koʻrib chiqiladi;

* mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar boshqarma, tashkilot va muassasalarga begona shaxslar kiritilmaydi. Har bir tashkilotning kirish eshigida doimiy navbatchilik tashkil etiladi. Shuningdek, har bir tashkilot xodimlari korxonaga kirishida tana harorati oʻlchanib, dezinfektsiya qilinadi.

Ayni paytda shaharda SES inspektsiyasi, IIB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va milliy gvardiya xodimlaridan iborat 10 ta mobil nazorat guruhi ishlamoqda. Yana 15 ta shunday guruh tashkil qilinadi va kunlik nazorat ishlari davom ettiriladi.

Asosiy mavzular