07:22 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)
351 0 0

Hayvonot bogʻi hududida attraktsionlar, koʻngilochar joylar va tez ovqatlanish nuqtalari faoliyati taqiqlanadi.

TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Toshkent hayvonot bogʻi 16 maydan boshlab sanitariya-gigiyena talablariga amalga qilgan holda ish faoliyati tiklanishi haqida maʼlum qildi

Sotrudnik laboratorii podpisыvayet test na COVID-19
© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy

"Sevimli hayvonot bogʻimiz ertaga (16/05/20) tashrif buyuruvchilar uchun oʻz eshiklarini ochishi toʻgʻrisida maʼlum qilamiz", - deyiladi xabarda.

Hayvonot bogʻiga kirish quyidagi cheklovlar bilan amalga oshiriladi: kirish 2 kishidan oshmaydigan guruhlarda amalga oshiriladi (oilaviy guruhlardan tashqari); hayvonot bogʻiga tibbiy niqoblarsiz kirish taqiqlanadi.

Dastlabki tibbiy koʻriksiz kirish taqiqlanadi va tashrif buyuruvchilarning bir joyda toʻplanishi taqiqlanadi, 2 metrlik masofani saqlash lozim.

Yaqin taktil aloqalardan (qoʻl siqish va hokazo) maksimal darajada chetlashish tavsiya etiladi.

Agar dastlabki tibbiy koʻrik paytida tashrif buyuruvchining tana harorati 36,8 darajadan oshsa (bahsli vaziyat yuzaga kelsa, oʻlchov takrorlanadi), tashrif buyuruvchiga hayvonot bogʻiga kirish taqiqlanadi, shaxsiy maʼlumotlar yozib olinadi va tibbiy muassasalarga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Hayvonot bogʻi hududida attraktsionlar, koʻngilochar joylar va tez ovqatlanish nuqtalari faoliyati taqiqlanadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)

Asosiy mavzular