02:42 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (893)
445 0 0

Ramazon hayiti kunlari epidemik holat mavjudligi va odamlarning hayotiga xavf saqlanib qolishi sababli juma va boshqa namozlar kabi Iyd namozini ham jamoat boʻlib oʻqishning iloji boʻlmaydi, deyiladi xabarda.

TOSHKENT, 22 may - Sputnik. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tufayli hayit namozini jamoat joylarda oʻqishni bekor qildi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining 2020 yil Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi bayonotida taʼkidlangan.

Xabarda taʼkidlanishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli insoniyat murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Oʻzbekistonda epidemiologik vaziyatni jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun barcha choralar koʻrilmoqda: kasallik keng tarqalishining oldini olish maqsadida karantin va bir qator cheklovlar joriy etilgan.

Ammo qatʼiy karantin choralarini qoʻllash bilan mamlakatda kasallikning qayd etilgan holatlariga nisbatan ham, kunlik yangi holatlar ham past darajada saqlanib turibdi. 

"...2020 yilgi Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini pandemiya davrida jamoat boʻlib oʻqish imkoniyati mavjud emasligi, moʻmin-musulmonlarning zimmasidan ushbu ibodatni soqit qiladi. <...> Ramazon hayiti kunlari epidemik holat mavjudligi va odamlarning hayotiga xavf saqlanib qolishi sababli juma va boshqa namozlar kabi Iyd namozini ham jamoat boʻlib oʻqishning iloji boʻlmaydi", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may – yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan 24 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanishi haqida xabar bergan edik.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (893)

Asosiy mavzular