03:14 06 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
806 0 0

Dam olish kunlarida respublikaning shimoli va choʻl zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 gacha kuchayadi.

TOSHKENT, 23 may - Sputnik. Dam olish kunlarida Oʻzbekiston shimoliy va janubiy hududlariga Erondan  quruq va iliq havo oqimi kirib keladi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet xizmati.

Respublika boʻyicha havoning ochiq boʻlishi kutilmoqda. Termometr ustunchasi kunduz kuni 28-31 darajagacha koʻtariladi. Respublikaning shimoliy, choʻl zonalari va janubida harorat bundan ham issiq, yaʼni 33-35 darajani tashkil etadi.

23-24 may kunlari Oʻrta Osiyo hududi ustidagi janubiy oqimlar kuchayib, havo haroratining koʻtarilishi davom etadi. Kechasi harorati 15-18 daraja, kunduzi 35-37 darajagacha, shimoliy, janubiy va choʻl zonalarida esa 38-40 darajagacha koʻtariladi. Bunday harorat oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlardan 4-6 darajaga yuqori boʻlib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin boʻladi.

Respublikaning shimoli va choʻl zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 gacha kuchayadi.

Asosiy mavzular