16:39 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Yangiliklar
Havola olish
91001

Noxush holatlar yuzaga kelganda, favqulodda vaziyatlar vazirligining "1050" qisqa raqamiga murojaat qilish soʻralgan.

TOSHKENT, 29 may - Sputnik. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel kelishi xavfi haqida ogohlantirdi.

"2020-yilning 29-31- may kunlari respublikamiznig togʻ va togʻoldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud", - deyiladi xabarda.

Togʻ va togʻoldi hududlarida yashovchi aholidan ehtiyot choralarini koʻrish, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning “1050” raqam”iga murojaat qilish soʻralgan.

29 may kuni Oʻzbekistonda oʻzgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Yogʻingarchilik boʻlmaydi.

Faqat Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatida kechga borib vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Momaqaldiroq boʻladi.

Joylarda shamol tezligi 17-22 m/s kuchayadi. Havo harorati 34-39°, choʻl zonalarida 40-42°.

Toshkentda oʻzgaruvchan ob-havo kuzatiladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi.

Asosiy mavzular