17:39 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
404 0 0

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali 2020/2021 oʻquv yilida 345 nafar talabalarni qabul qilishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 30 may - Sputnik. Rossiya davlat neft va gaz universitetining filiali kechki boʻlim ochishni koʻzlamoqda. Bu haqdagi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori QHTBT portalida joylashtirilgan.

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (MTU) Toshkent shahridagi filiali 2020/2021 oʻquv yilida 345 nafar talabalarni qabul qilishi kutilmoqda. Bu oʻtgan yildagiga nisbatan 85 nafar koʻp. Biroq oʻʻtgan yillardan farqli oʻlaroq, umumiy kvota taʼlimning ikkita shakli boʻyicha taqsimlangan: kunduzgi va kunduzgi-sirtqi (kechki).

Shu tariqa, agar loyiha oʻzgartirishlarsiz tasdiqlansa, 225 nafar abituriyent kunduzgi, 120 nafari – sirtqiga kirishi mumkin. Ilgarigidek, kunduzgi boʻlim uchun kvota Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov boʻlinmasi (HTB) bitiruvchilari uchun oʻrinlarni oʻz ichiga oladi. Ularga kelayotgan oʻquv yilida 25 ta oʻrin ajratiladi.

Asosiy mavzular