15:04 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
132 0 0

Markaziy Osiyo mintaqasida giyohvand moddalar savdosi koʻrsatkichlari Afgʻonistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarish kamaymaganligi bilan bevosita bogʻliq.

TOSHKENT, 26 iyun - Sputnik. 26 iyun - "Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash" kunida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan 620 kilodan ortiq narkotik moddalar yoʻq qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Xabarga koʻra, bugun 626 kg 981 gr. narkotik moddalar, shu jumladan, 4 kg 96 gr. geroin, 127 kg 154 gr. opiy,  25 kg 426 gr. nasha, 266 kg 35 gr. marixuana, 105 kg 511 gr. koʻknor tayoqchasi, 97 kg 209 gr. kannabis, 1 kg 543 gr. sintetik narkotiklar, shuningdek, katta hajmdagi turli psixotrop tabletkalar yoʻq qilingan.

Markaziy Osiyo mintaqasida giyohvand moddalar savdosi koʻrsatkichlari Afgʻonistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarish kamaymaganligi bilan bevosita bogʻliq.

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari kabi, "shimoliy marshrut" orqali afgʻon narkotiklarini olib oʻtish tranzit yoʻlida joylashganligi sababli, mamlakatda musodara qilingan giyohvand moddalar toʻgʻridan-toʻgʻri Afgʻonistondan, shuningdek Tojikiston va Qirgʻiziston orqali olib oʻtiladi.

Xususan, 2019 yilda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq 330 dan ortiq jinoyatlar aniqlanib, 377 kg dan ortiq giyohvand moddalar musodara qilingan.

Asosiy mavzular