RF Konstitutsiyasiga tuzatishlarni 77,92% ovoz beruvchilar qo‘llab-quvvatladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGolosovanie po popravkam k Konstitutsii RF v Tashkente
Golosovanie po popravkam k Konstitutsii RF v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Protokollar 100% ko‘rib chiqilgach, Konstitutsiyaga tuzatishlarni 77,92% saylovchilar qo‘llab-quvvatlagani ma’lum bo‘ldi

TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni ovoz beruvchilarning 77,92%i qo‘llab quvvatladi, qarshi ovoz - 21,27%ni tashkil qildi, deb xabar berdi Rossiya MSK protokollarning 100% sanab chiqish natijalariga ko‘ra.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v golosovanii po vneseniyu popravok v Konstitutsiyu RF - Sputnik O‘zbekiston
Putin Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha ovoz berdi

RF Konstitutsiyasiga tuzatish kiritish bo‘yicha umumrossiya ovoz berishi kuni 22-aprelga belgilangan edi, ammo keyinchalik mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli kechiktirildi.

Keyinchalik RF prezidenti Vladimir Putin ovoz berishning yangi sanasi etib - 1-iyulni belgiladi.

Epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, hamda aholi xavfsizligini ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqib rossiyaliklar 25-iyun sanasidan 1-iyulga qadar ovoz berishlari mumkinligi haqida qaror qabul qilindi.

Avvalroq VSIOM ekzitpol natijalarini e’lon qildi. Sotsiologlar mamlakatning 25 mintaqasidagi 800 ta saylov uchastkasida so‘rov o‘tkazdilar. Aksariyat respondentlar Asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarni qo‘llab-quvvatlaganliklarini ma’lum qilishdi. Shunda, rossiyaliklarning 71,2 %i Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish uchun ovoz bergan bo‘lsa, 28,3 % qarshi ovoz bergan. Respondentlarning taxminan yarim foizi saylov bulletenlarini buzib quyganini aygan.

Ovoz berish butun mamlakat bo‘ylab allaqachon yakunlandi. Oxirgi bo‘lib saylov uchastkalari Kaliningrad viloyatida yopildi.

Yangiliklar lentasi
0