Bosh prokuratura jinoyat sodir etgan amaldorlar sonini ochiqladi

© Sputnik / © Sputnik / Aleksey DanichevMujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto
Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilda jinoiy javobgarlikka tortilgan amaldorlarning 4 nafari respublika darajasidagi, 13 nafari viloyat darajasidagi, 442 nafari tuman darajasidagi rahbarlardir.

TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. 2020-yilning 6 oyi davomida 327 ta jinoyat ishi bo‘yicha 459 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada amaldorlar arzimagan gunohlari uchun ham ishdan olinmoqda

Ular tomonidan yetkazilgan zarar miqdori 172 milliard 260 million so‘mni tashkil qilgan.

Yetkazilgan zararlarning 66%i (114 millard 267 million so‘m) undirilgan.

2020 yilda jinoiy javobgarlikka tortilgan amaldorlarning 4 nafari respublika darajasidagi, 13 nafari viloyat darajasidagi, 442 nafari tuman darajasidagi rahbarlardir.

Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 180 nafari "o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilgan, 57 nafari pora bergan (pora olgan), pora olish-berishda vositachilik qilgan, 92 nafari firibgarlik qilgan, 16 nafari mansab vakolatini suiiste’mol qilgan, 8 nafari hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqqan, 7 nafari mansab soxtakorligiga yo‘l qo‘ygan, 10 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qaragan va 89 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan. 

Yangiliklar lentasi
0