22:43 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
751 0 0

"Oʻzgidromet" dam olish kunlari butun respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo tarqalishi, kunduzgi harorat 39-42 darajagacha koʻtarilishini prognoz qilgan edi

TOSHKENT, 18 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda sel xavfi eʼlon qilindi.

"18-19 iyul kunlari kutilayotgan lokal (mahalliy) yomgʻirlar munosabati bilan Andijon, Namangan Fargʻona viloyatlarining togʻoldi va togʻli hududlarida sel kelishi xavfi bor", - deyiladi Oʻzgidromet xabarida.

Noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning 1050 raqamiga murojaat qilish soʻraladi.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin "Oʻzgidromet" dam olish kunlari butun respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo tarqalishi, kunduzgi harorat 39-42 darajagacha koʻtarilishi, bu yoz chillasi uchun meʼyoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqori ekanligini xabar qilgan edi.

Asosiy mavzular