20:44 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
44120

Agar vaktsina oʻz samaradorligini isbotlasa va roʻyxatdan oʻtkazilsa, undan keyin keng koʻlamli yirik tadqiqotlar boshlanadi

TOSHKENT, 21 iyul - Sputnik. Sechenov universitetida oʻzida vaktsinani sinayotgan barcha koʻngillilarda koronavirusga qarshi immunitet hosil boʻldi, odatda u vaktsinatsiyadan bir necha kun oʻtib paydo boʻladi, dedi RIA Novostiga Sechenov universiteti dorivor vositalarni klinik oʻrganish markazi rahbari Yelena Smolyarchuk.

Sal oldin Sechenov universitetida oʻzida koronavirusga qarshi vaktsinani sinovdan oʻtkazayotgan koʻngillilarning ikkinchi guruhi dushanba kuni chiqarilgani haqida xabar berilgan edi. Koʻngillilarning birinchi guruhiga 15 iyul kuni javob berilgan.

"Hamma koʻngillilarda immunitet bor edi... Bu vaktsina kiritilgach paydo boʻladigan individual reaktsiya, lekin odatda immunitet bir necha kundan soʻng paydo boʻladi.Birinchi himoya - bir necha kundan soʻng hosil boʻladi", - dedi Smolyarchuk vaktsinatsiyadan soʻng qancha vaqt ichida immunitet ishlab chiqariladi, degan savolga javob berar ekan.

Ayolning aytishicha, uch haftadan soʻng, immun tizimi reaktsiyasi ishga tushgach, himoya nuqtai nazaridan eng kuchli davr boshlanadi.

Smolyarchukning aytishicha, emlash amalga oshirilgach, immunitet qanchalik uzoq vaqt saqlanib qolishini aytish hozircha qiyin, sababi, bu savolga olimlar klinik tadqiqotlarning keyingi fazasidan soʻng javob berishlari lozim.

"Agar vaktsina oʻz samaradorligini isbotlasa, roʻyxatdan oʻtkazilsa, qayd etilgandan keyingi keng koʻlamli yirik tadqiqotlar boshlanadi, unga katta miqdordagi vaktsina qilingan odamlar jalb etiladi, ular immunitet qanchalik uzoq saqlanadi degan savolga javob berish uchun kuzatiladi", - dedi Smolyarchuk.

N.F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqarilgan vaktsinalarning klinik tadqiqotlari Sechenov universitetida 18 iyunda boshlangan edi. Koʻngillilar ustidan sinovlar shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligining Burdenko nomidagi gospitadila oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular