02:03 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
276 0 0

Bundan tashqari oʻzbek tarvuzlari Belorus, Estoniya, Mongoliya Polsha, Qozogʻiston, Tojikiston, Ukraina, Qirgʻiz Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklariga ham eksport qilinmoqda.

TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda 1 iyul holatiga koʻra, qiymati 886,4 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi. Davlat statistika qoʻmitasi xabari asosida.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, tarvuz mahsulotining eksporti boʻyicha Rossiya Federatsiyasi 1 179 tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Lekin bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 228 tonnaga kam.

Bundan tashqari oʻzbek tarvuzlari Belorus, Estoniya, Mongoliya Polsha, Qozogʻiston, Tojikiston, Ukraina, Qirgʻiz Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklariga ham eksport qilinmoqda.

Jumladan, Qozogʻistonga 319,2 tonna, Qirgʻiz Respublikasiga 216,5 tonna, Ukraina 184,5 tonna va Belorus Respublikasiga 148,1 tonna tarvuz eksport qilingan.

Qashqadaryoda yetishtirilayotgan tarvuzning ertapishar navi haqida shu yerda maʼlumot olishingiz mumkin.

Asosiy mavzular