Qora dengizda "Pavel Derjavin" patrul kemasi sinovlari boshlandi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishPatrulniy korabl proyekta 22160
Patrulniy korabl proyekta 22160  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oldinroq Mudofaa vazirligi, kema HDK tarkibiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan oldinroq qabul qilinishi haqida xabar bergan edi. Flotga topshirilishi 2020-yil oxiriga rejalashtirilgan.

TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. 22160 loyihasining uchinchi - "Pavel Derjavin" patrul kemasi Qora dengizdagi nazorat suzish sinovlari boshlandi, deya xabar beradi Qora dengiz floti axborot ta’minoti bo‘limi. RIA Novosti xabari asosida.

Amerikanskiy avianoses CVN-78 Gerald R. Ford - Sputnik O‘zbekiston
“Ford” qovun tushirdi. Nima uchun AQSh superaviatashuvchi kemasi hanuz xizmatga tayyor emas

Ekipaj asosiy elektr stansiyasini turli ish rejimlarida sozlash va tekshiruv ishlarini olib boradi, zaxira mexanizmlari va turli uskunalarni, shu jumladan, favqulodda quvvat manbalariga o‘tishi sinovdan o‘tkaziladi, shuningdek kema ichidagi aloqa vositalari test qilinadi.

"Pavel Derjavin" Novorossiysk dengiz bazasining suv hududini himoya qiluvchi kemalar bo‘linmasiga qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.

Oldinroq Mudofaa vazirligi, kema HDK tarkibiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan oldinroq qabul qilinishi haqida xabar bergan edi. Flotga topshirilishi 2020-yil oxiriga rejalashtirilgan.

Qora dengizda Gorkiy nomidagi Zelenodolsk zavodida qurilgan "Vasiliy Bikov" va "Dmitriy Rogachev" deb nomlanuvchi ikkita shunday soqchi kemalar allaqachon xizmatni o‘tamoqda.

22160 loyihasining patrul kemalari Shimoliy konstruktorlik burosi tomonidan ishlab chiqilgan. Ularda Rossiyada birinchi bor dengiz qurollanishining modulli konsepsiyasi qo‘llanilgan. Ular dengiz iqtisodiy hududini qo‘riqlash va himoya qilish uchun mo‘ljallangan, qidiruv-qutqaruv vazifalarni bajarishi, kemalar karvonini kuzatib borishi va qaroqchilarga qarshi kurashishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0