03:23 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
321313

Amerikalik olimlar koronavirus tufayli vafot etganlar organizmida noodatiy shikastlanishlarni aniqladilar

TOSHKENT, 23 iyul — Sputnik. Murdalarni yorib tekshirish natijasida SARS-CoV-2 shtammdagi koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarning organizmida gʻalati oʻzgarishlar aniqlandi, dedi tibbiyot fanlari doktori, professor, Yangi Orleandagi LSU Healthda  patologiya tadqiqotlari boʻyicha direktori Richard Vander Xayde.

Xususan, koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarda oʻtkazilgan yorish natijasida yurakda shikastlanishlar mavjudligi aniqlandi, bu yurak mushagining odatdagi yalligʻlanishiga xos emas.

"Biz infektsiyaning ogʻir shaklida tipik miokardit (yurak oʻrta qatlamining ogʻir yalligʻlanish jarayoni - tahr.) mavjud degan tushunchani gumon ostiga qoʻyadigan oʻzgarishlarni aniqladik. Gap bu yerda koʻproq yurak mushagidagi alohida hujayralarning "noyob" nobud boʻlishi haqida bormoqda", - deya tushuntiradi professor.

Mutaxassisning taʼkidiga koʻra, SARS-CoV-1 (atipik pnevmoniya)dan farqli oʻlaroq koronavirus yurak mushaklarida yashamaydi. Shu bilan birga u ayrim qon tomirlarida aniqlangan.

Olimlar taxminiga koʻra, koronavirus hujayralari yurakdan toʻqimalarning oʻzida ushlanib qolmasdan "oʻtishi" mumkin. Bu tsitokinlar tufayli vujudga kelgan endotelial shikastlanish, yaʼni tsitokin shtormiga olib kelishi ehtimoldan holi emas.

Asosiy mavzular