01:48 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
571 0 0

Respublika maxsus komissiyasi topshirigʻiga koʻra avgust oyining boshida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon, Rostov-Don, Kiyev, Qohira shaharlaridan maxsus charter reyslari orqali oʻzbekistonlik talabalar olib kelinadi

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik. Transport vazirligi xorijdagi talabalarni Oʻzbekistonga olib kelish boʻyicha choralar koʻrilayotgani haqida maʼlum qildi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Koronavirus pandemiyasi tufayli xorijiy davlatlar oʻrtasida transport qatnovlariga nisbatan qoʻyilgan cheklov choralari sabab chet davlatlar oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalarni Vatanga olib kelish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu kunga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Minsk, Istanbul kabi shaharlardan talabalar qaytarildi.

Respublika maxsus komissiyasi topshirigʻiga binoan avgust oyining birinchi birinchi oʻn kunligida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon, Rostov-Don, Kiyev, Qohira shaharlaridan maxsus charter reyslari orqali oʻzbekistonlik talabalarni olib kelish ishlari tashkil etiladi.

Hozirda shu borada xorijiy davlatlar aviatsiya maʼmuriyatlari bilan ishlar olib borilmoqda.

Asosiy mavzular