21:05 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
489 0 0

Ichkilikbozlikka qarshi kurash oyiligi davomida uchyotda turuvchi 440 nafar piyonistalar, 25 nafar giyohvandlikka chalinganlar hamda 86 nafar ijtimoiy xavfli tashxisi qoʻyilgan fuqarolar ruhiy kasallar dispanserlariga majburiy davolanish uchun yotqizilgan

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik. Joriy yilning olti oyi davomida Samarqand viloyat hududi boʻyicha mast holdagi shaxslar tomonidan 65 ta jinoyat sodir etilgan. Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan oshgan.

Bu illatga qarshi kurashish, ichkilik taʼsirida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish hamda aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish maqsadida joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar viloyatda "Ichkilikbozlikka qarshi kurashish oyligi" eʼlon qilindi.

Oylik doirasida viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari hududiy davlat soliq inspektsiyalari xodimlari bilan hamkorlikda alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosini aniqlash va bu ish bilan shugʻullanuvchi "tadbirkor"larning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida maxsus reyd tadbirlari oʻtkazdi.

Reydlarda 59 ta alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanish holatlari aniqlandi, 767,9 litr spirtli ichimliklar musodara qilingan va huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy choralar koʻrilgan.

Bundan tashqari, etil spirti, alkogolli mahsulotlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish boʻyicha 7 ta holat aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, jamoat joylarida spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan 1393 nafar shaxslarga nisbatan 155 million 319 ming 500 soʻm miqdorida jarimalar qoʻllanilgan.

Oylik davomida sogʻliqni saqlash muassasalari hisobida turuvchi 440 nafar spirtli ichimlikka ruju qoʻygan shaxslar, 25 nafar giyohvandlikka chalinganlar hamda 86 nafar ijtimoiy xavfli tashxisi qoʻyilgan fuqarolar ruhiy kasallar dispanserlariga majburiy davolanish uchun yotqizilgan.

"Bu kabi chora-tadbirlar fuqarolarimizni ogohlikka chaqirish, sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va qotilliklarning oldini olishga qaratilgan", - deyiladi Samarqand viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xabarida.

Asosiy mavzular