O‘zbekistonda COVID-19ni aniqlovchi testlarning ommaviy ishlab chiqarilishi boshlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tish Ekspress-testi na koronavirus
 Ekspress-testi na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biotest - SARS-CoV-2" reagentlar to‘plami O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida 2020-yil 7-mayda ro‘yxatga olingan. Bugungi kunda mazkur Agentlikda ro‘yxatga olingan yagona test-sistemasidir.

TOShKENT, 28-iyul - Sputnik. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan 100 ming dona test tizimini o‘z ichiga olgan navbatdagi partiya ishlab chiqarildi. Ulardan 40 ming donasi Jizzax, Andijon va Toshkent shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentlik laboratoriyalariga hamda Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentliklariga topshirildi. Qolgan 60 mingtasi ham boshqa viloyatlarga chiqariladi.

Vrachi v kabinete kompyuternoy tomografii meditsinskogo issledovatelskogo sentra - Sputnik O‘zbekiston
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkil etildi

COVID-19 kasalligini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 koronavirusi 227 mamlakatga tarqalgan bo‘lib, koronavirusni aniqlovchi test sistemalarga kun sayin talab ortib bormoqda. Koronavirusni o‘z vaqtida aniqlash davolash muolajalarini erta yo‘lga qo‘yish, kasallik olib keladigan asoratlarni bartaraf etish, kasallikning tarqalishini oldini olish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda SARS-CoV-2 koronavirusni aniqlovchi ekspress, IFA, PZR testlari mavjud bo‘lib, PZR (polimer zanjir reaksiyasi) testi analoglariga nisbatan yuqori sezgirlikka, spetsifiklikka hamda ishonchlilikka ega. Shu kungacha respublikamizga PZR testi import qilinib kelinmoqda va borgan sari unga bo‘lgan talab ortib bormoqda.

Vo vsex istoricheskix obyektax Samarkanda ustanovleni dezinfitsiruyushie tuneli. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 21,5 mingtadan oshdi

Hozirgi kunga kelib respublikada kuniga 20 ming test o‘tkazilishga talab mavjud. Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan test sistemasi Markazning startaplaridan biri sifatida "Biotest- LAB" MChJ tomonidan ommaviy ishlab chiqarishga qo‘yildi. Startap har hafta 100 mingtagacha test-sistemasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

"Biotest- SARS-CoV-2" reagentlar to‘plami o‘tkir respirator sindrom COVID-19 ni qo‘zg‘atuvchi SARS-CoV-2 koronavirusining RNKsini "real vaqt" rejimida PZR usulida burun-halqum shilliq pardasida aniqlash uchun ishlab chiqilgan. Ushbu to‘plam yangi koronavirus genomining ikki sohasida - RdRP va N genlarida COVID-19 o‘tkir respiratorli infeksiyani klinik va diagnostik tekshirish uchun mo‘ljallangan, test natijalari qo‘shimcha tasdiqlashni talab qilmaydi.

Mahalliy PSR test sistemasiga reaksiyalarning sifatini tekshiruvchi ko‘rsatkichlar ham kiritilgan. Bu ekspress-test emas, balki to‘laqonli test bo‘lib, natijalar 5-6 soatdan keyin aniq bo‘ladi hamda faqat maxsus laboratoriyalarda qo‘llash mumkin.

Vrachi v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga harbiylar jalb etiladi

"Biotest - SARS-CoV-2" reagentlar to‘plami O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida 2020-yil 7-mayda ro‘yxatga olingan. Bugungi kunda mazkur Agentlikda ro‘yxatga olingan yagona test-sistemasidir.

Ta’kidlash joizki, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining bir guruh olimlari tomonidan mart oyi boshida hukumat topshirig‘iga ko‘ra virusning butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgani, virusning O‘zbekistonga ham kirib kelish xavfi mavjudligini inobatga olgan holda test sistemasini ishlab chiqish ustida ish boshlashdi.

O‘shanda olimlar ikki oy davomida test-sistema ustida ishlab, aprel oxirigacha 50 ming dona test sistemasini topshirishni rejalashtirilgan edi. Haqiqatan ham tadqiqotchilar COVID-19 virusi genomining ikki uchastkasining PZR usulidagi tahlilga asoslangan test sistemasini ishlab chiqishdi. Mazkur test sistemasi barcha klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, va’da qilinganidek, aprel oxirigacha barcha sinovlardan o‘tgan 50 ming dona test sistemasi Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0