O‘zbekistonda o‘lim holatlari o‘tgan yilgiga nisbatan 0,1 promillega pasaygan

© AP Photo / Ebrahim NorooziLyudi v zashitnix kostumax provodat seremoniyu pogrebeniya cheloveka umershego ot COVID-19
Lyudi v zashitnix kostumax provodat seremoniyu pogrebeniya cheloveka umershego ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘lim holatlarining eng ko‘p foizi qon aylanish tizimi kasalliklari tufayli yuz bergan, deya xabar qilingan Davlat statistikasi ma’lumotlarida

TOShKENT, 28-iyul - Sputnik. 2020 yilning yanvar—iyun oylarida 74,6 mingta (4,4 promille) o‘lim qayd etilgan bo‘lib, o‘lim holatlari 2019-yilning mos davriga nisbatan 0,1 promillega tushgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Vo vsex istoricheskix obyektax Samarkanda ustanovleni dezinfitsiruyushie tuneli. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 21,5 mingtadan oshdi

Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning yanvar—iyun oylarida qayd etilgan o‘lim holatining:

59,3 %i qon aylanish tizimi kasalliklaridan; 9,5 % o‘simtalardan; 4,9 % ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan; 4,8 %i baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishdan; 4,7 %i nafas olish a’zolari kasalliklaridan; 1,3 %i yuqumli va parazitar kasalliklardan; 15,5 %i boshqa kasalliklar tufayli yuz bergan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 4,1 ming nafarni tashkil etgan.

Avariya  v Beruniyskom rayone Karakalpakstana v rezultate kotoroy pogibli 4 cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Karantin choralari tufayli O‘zbekiston yo‘llarida o‘lim holatlari 40%ga pasaydi

Ularning 52,7 %i perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan; 22,3 %i nafas olish a’zolari kasalliklaridan; 10,7 %i tug‘ma anomaliyalardan; 3,6 %i yuqumli va parazitar kasalliklardan; 1,9 %i baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishdan; 0,6 %i ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan; 8,2 %i boshqa kasalliklar tufayli yuz bergan.

Shuningdek, 2020-yilning yanvar—iyun oylarida 365,2 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib (faqat tirik tug‘ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 21,6 promilleni tashkil etgan. Bu 2019-yilning mos davriga nisbatan 0,6 promillega oshgan (2019- yilning yanvar—iyun oylarida 21,0 promille bo‘lgan).

Shu bilan birga, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2020- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, 34 191,7 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 286,5 ming kishiga yoki 0,8 % ga o‘sgan.

Yangiliklar lentasi
0