17:46 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
435 0 0

Taʼkidlanishicha, imtihonlar kuniga havo salqin paytda 2 marta oʻtkazilsa, barchasini taxminan 12-14 kunda yakunlash mumkin.

TOSHKENT, 6 avg - Sputnik. Yopiq binolar epidemiologik talabga javob bermasligi, ijtimoiy masofaga rioya qilingan taqdirda imtihonlar vaqti anchaga choʻzilib ketishini inobatga olib, test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etishga topshiriq berildi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 avgust kuni joriy yilda oliy taʼlim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021 oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Taʼkidlanishicha, bunda imtihonlar kuniga 2 marta (havo salqin paytda) oʻtkazilsa, barchasini taxminan 12-14 kunda yakunlash mumkin.

Joriy yilda mamlakatdagi oliy taʼlim muassasalariga bakalavriat bosqichiga 162 364, magistraturaga 10 425 oʻrin ajratilgan.

Bu yil 91 ta OTMga bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha 1 million 484 ming nafar abituriyent hujjat topshirgan boʻlib, bu oʻtgan yilgiga nisbatan 39 foiz koʻp. Bitta oʻringa 10,6 ta talabgor toʻgʻri kelmoqda.

Magistratura yoʻnalishida 72 ta taʼlim dargohiga 78 ming 720 nafar yoki oʻtgan yilgiga nisbatan 3 barobar koʻp hujjat topshirilgan. Umuman, qabul kvotalari 2016 yilgiga nisbatan 3 marotaba ortgan.

Mutasaddi vazirlik va idoralarga stadionlarni test sinovlariga puxta tayyorlash, ularning dislokatsiyasi boʻyicha abituriyentlarni toʻliq xabardor qilish yuzasidan koʻrsatmalar berildi, deyiladi prezident matbuot-xizmati xabarida.

Asosiy mavzular