06:24 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
251060

Markaziy Osiyo mintaqasida Oʻzbekiston harbiy qudrat jihatdan birinchilikni egallagan. Qoʻshni Qozogʻiston 63 pozitsiyada kelmoqda.

TOSHKENT, 11 avg - Sputnik. Harbiy qudrat boʻyicha jahon reytingida Oʻzbekiston 138ta davlat orasida 52-oʻrinni egalladi. 

Uzbekskiye voyennыe pribыli v Moskvu na ArMI-2020
© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.

Bu haqda Global Firepower xabar bermoqda.

Oʻzbekiston Singapurdan keyingi oʻrinda. Ammo Belarusni ortda qoldirgan.

Markaziy Osiyo mintaqasida harbiy qudrat jihatdan Oʻzbekiston yetakchi pozitsiyani egallagan.

Reytingda birinchi oʻrinni - AQSH, ikkinchi pogʻonani - Rossiya, uchinchi oʻrinni - Xitoy egallagan.

Birinchi kuchli oʻnlikka, shuningdek, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Misr va Braziliya kirgan.

Markaziy Osiyo davlatlari va Afgʻonistonning reytingdagi joylashuv oʻrni quyidagicha: Qozogʻiston - 63 oʻrin, Turkmaniston - 77 oʻrin, Afgʻoniston - 78 oʻrin, Tojikiston - 94 va Qirgʻiziston - 98 oʻrinlarni egallashgan.

Asosiy mavzular