21:37 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1152)
257 0 0

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi 11 avgust kuni yangi koronavirus infektsiyasini oldini olish uchun dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazgan edi

TOSHKENT, 12 avg - Sputnik. Koronavirus infektsyasiga qarshi emlanish kuni spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish mumkin emas, chunki bu immunitet va vaktsina taʼsiri zaiflashishi mumkin, dedi RIA Novostiga bergan intervyusida Sogʻliqni saqlash vazirligi shtatdan tashqari narkolog-mutaxassisi Yevgeniy Bryun.

Allergolog-immunolog Vladimir Bolibok
© Foto : lichnыy arxiv Vladimira Boliboka

"Menimcha, har qanday dori vositasi, shu jumladan, vaktsina (koronavirusga qarshi) alkogolga mos emas, chunki birinchi navbatda toksik taʼsirga ega boʻlib, immunitetni zaiflashtiradi va emlash taʼsirini pasaytiradi", - dedi u.

Seshanba kuni Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi yangi koronavirus infektsiyasini (COVID-19) oldini olish uchun dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazdi, uni Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi, Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqdi.

Dori vositalarining davlat reyestriga koʻra, vaktsina keng miqyosda muomalaga 2021 yil 1 yanvardan kiritiladi. U 1957 yilda uchirilgan Yerning birinchi sunʼiy yoʻldoshi kabi - "Sputnik V" deb nomlandi.

Rossiyada epidemiyaning butun davrida 897599 kishi SARS-CoV-2 koronavirusini yuqtirdi, ularning 15,1 mingdan oshigʻi vafot etdi, 703 mingdan oshigʻi davolandi.

BSST maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallanganlar soni 20 millionga yaqinlashmoqda, ulardan kamida 728 mingtasi vafot etdi. Djons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, SARS-CoV-2 virusidan eng koʻp jabr koʻrgan davlatlar bu AQSH (besh milliondan ortiq yuqtirilganlar), Braziliya va Hindiston.

Rossiya toʻrtinchi oʻrinda qolmoqda, uning ortidan roʻyxatda JAR, Meksika, Peru, Kolumbiya, Chili, Eron, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni kelmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1152)

Asosiy mavzular