02:08 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
1374 0 0

"Hujjatda vaktsinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil etish ishlari koʻzda tutilgan. Agar dastur kuchga kirsa bu ishlarni sentyabrdan boshlash rejalashtirilgan", – deb maʼlum qilgan mutaxassis.

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda "Muruvvat", "Saxovat" uylarida yashovchi shaxslar hamda mehribonlik, va goʻdaklar uylarining tarbiyalanuvchilari uchun grippga qarshi vaktsinalar davlat byudjeti hisobidan - bepul yetkazib beriladi. Bu haqda Epidemiolog Rustam Ikromov maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Oʻzbekiston aholisi sentyabr oyida gripp va pnevmoniyaga qarshi emlanishi mumkinligi, shu maqsadda hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilayotgani haqida maʼlum qilingan edi.

Epidemiolog Rustam Ikromovning qoʻshimcha tushuntirish berishicha, gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi hozircha reja. Taklif sifatida hukumatga taqdim etilgan.

"Hujjatda vaktsinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil etish ishlari koʻzda tutilgan. Agar dastur kuchga kirsa bu ishlarni sentyabrdan boshlash rejalashtirilgan", – deydi mutaxassis.

Aholining qolgan qismi oʻz hisobidan, tashkilot xodimlari oʻsha idora mablagʻlaridan xususiy vaktsina emlash markazlari orqali vaktsina olishlari mumkin, deya aniqlik kiritgan Ikromov.

Asosiy mavzular