06:22 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
304 0 0

Navalnыyning rafiqasi avia-parvoz tufayli bemor holati ogʻirlashishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

TOSHKENT, 22 avg - Sputnik. Bortida bloger Aleksey Navalnыy boʻlgan samolyot Omskdan Berlinga qarab yoʻl oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri.

Taʼkidlanishicha, bloger yotgan reanomobil Omskning 1 tez tibbiy yordam kasalxonasidan aeroportga politsiya kuzatuvida kelgan.

Samolyot Omsk aeroportidan Moskva vaqti bilan 5.00da Germaniya tomon uchgan. Berlingan msk vaqti bilan 11.02da qoʻnishi aytilmoqda.

Navalnыyning rafiqasi avia-parvoz tufayli bemor holati ogʻirlashishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

Kuni kecha, omsk shifokorlari Navalniyni davolash uchun chet elga olib chiqishga ruxsat bergan edilar. Bloger ortidan Omskka bir guruh nemis shifokorlari yetib kelib, ular ishtirokida konsultatsiyalar oʻtkazilgan. Shifokorlar soʻzlariga koʻra, Navalnыyning miyasi stabil holatda, uning hayotiga hech qanday xavf chang solmayapti.

Aleksey Navalnыyning kasalxonaga yotqizilishi

Payshanba kuni ertalab, bortida Aleksey Navalnыy boʻlgan va Tomskdan Moskvaga qarab parvoz qilayotgan samolyot shoshilinch ravishda Omskda qoʻndi. Parvoz davomida bloger oʻzini yomon his qilgan, samolyot Omskda qoʻngach, u reanimatsiyaga yotqizilgan.

Bemor holati ogʻir, deya baholanmoqda, u komada.

S7 aviakompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, Navalnыy samolyot bortida hech narsa isteʼmol qilmagan va hech qanday ichimlik ichmagan. Parvoz oldidan u aeroportdagi qahvaxonada choy ichgan.

Omsklik mediklar bemor qonida va peshobi tarkibida zaharli moddalarni yoki ularning izini aniqlamadi. Shifokorlar qoʻygan asosiy ishchi tashxisga koʻra, organizmdagi moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida bemor qonida qand miqdorining keskin pasayib ketishi uning komaga tushishiga sabab boʻlgan.

Asosiy mavzular