18:26 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
265 0 0

Yangi rahbar ushbu sport turini mamlakatda yangi bosqichga olib chiqish, uyushmagan yoshlar oʻrtasida ushbu sport turi boʻyicha tizimli musobaqalar tashkil etish takliflarini bildirgan.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Milliy gvardiya qoʻmondoni qoʻl jangi federatsiyasiga rahbar etib saylandi, deb xabar bermoqda jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

"Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish videoselektor shaklida tashkil etildi. Unda tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. <...> Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi raisi lavozimiga bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondoni sifatida faoliyat olib borayotgan Djurayev Rustam Mirzayevich nomzodi taklif etildi va yigʻilish delegatlari tomonidan bir ovozdan saylandi", - deyiladi xabarda.

Rustam Djurayev federatsiya raisi lavozimiga saylanishida ishonch bildirganlarga alohida minnatdorlik bildirib, qoʻl jangi sport turini mamlakatda yangi bosqichga olib chiqish, bu sport turi boʻyicha sportchi va trenerlarga shart-sharoitlar yaratish, mamlakatda uyushmagan yoshlar oʻrtasida ushbu sport turi boʻyicha tizimli musobaqalar tashkil etish, shuningdek, federatsiyaning hududlardagi moddiy-texnika bazasini takomillashtirish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarur boʻlgan takliflarini bildirgan.

 

 

 

Asosiy mavzular