19:12 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
724 0 0

Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida, hamshiralar nafaqat oʻrta maxsus taʼlimiga ega boʻladilar, ular shuningdek, bakalavriat va magistraturani tugatib, oliy maʼlumotga ega boʻlishga intiladilar, deyiladi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi xabarida

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Janubiy Koreyaning KIHASA instituti tomonidan kiritilgan hamshira taʼlimini qisqa, oʻrta va uzoq muddatli isloh qilish rejasini koʻrib chiqmoqda: Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasida institut vakillari ishtirokida oʻrta tibbiy xodim taʼlimi va malakasini takomillashtirishning xalqaro tajribasi muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, dunyoning koʻpgina mamlakatlarida, jumladan Koreyada hamshiralar nafaqat oʻrta maxsus taʼlimiga ega boʻladilar, ular shuningdek, bakalavriat va magistraturani tugatib, oliy maʼlumotga ega boʻlishga intiladilar. Bu oʻrta tibbiyot xodimlariga, faqatgina shifokorlar yordamchilari emas, balki mustaqil tibbiyot xodimlari boʻlish imkonini bergan.

Shu bilan birga hamshiralarning kasbi boʻyicha vakolatini oshirish shifokorlarning oʻzlarining ham ishlarini yengillashtiradi. Ular oʻz oʻrnida bunday mutaxassislarga oʻzlari bajarishga majbur boʻlgan bir qator vazifalarni ham ishonib topshiradilar.

"Hamshiralar taʼlimini isloh qilishga oʻquv rejalari va dasturlarini oʻzgartirib, taʼlim standartlarini joriy etib, va ularni tuzishda koʻpgina mamlakatlarda oʻsha hamshiralar institutiga berilgan vakolatlarni, ilgʻor xalqaro tajribalarni inobatga olish yoʻli bilan erishish mumkin", deyiladi xabarda.

Bunda bu toifadagi mutaxassislarning aynan oʻz yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishga intilishi uchun qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish muhim. Faqat shundagina "oʻrta tibbiyot xodimi" yoʻnalishi boʻyicha oliy toifadagi mutaxassislarga ega boʻlib, barcha mana shu tavsifga toʻgʻri keladiganlarning kasbiy vakolati darajasini bosqichma-bosqich oshirish imkoni paydo boʻladi.

Konferentsiya davomida shuningdek, Oʻzbekistonda "hamshira taʼlimi"ni rivojlantirish maqsadida koʻrilayotgan choralar ham taqdim etilgan. Konferentsiya davomida Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi oʻrinbosari Abdunumon Sidikov "bunday oʻzgarishlar bemorlarga koʻrsatiladigan xizmatning yangi sifatini boshlab keladi. Bu esa butun Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimining asosiy vazifasi sanaladi", - deya taʼkidlagan.

Tomonlar hamkorlikdagi ishlarini davom ettirishga kelishib oldilar. Ushbu hamkorlik mamlakat sogʻliqni saqlash sohasi oʻrta tibbiyot xodimlarini tayyorlash tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish uchun tavsiyalar tayyorlashni, ushbu toifadagi mutaxassislarning vakolatini, statusini va nufuzini sezilarli darajada oshirishni maqsad qilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Asosiy mavzular