21:10 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1224)
263 0 0

Olimlarning aniqlashlaricha, koronavirusga chalingan bemorlardagi bosh ogʻrigʻi va ongdagi chalkashlik organizmning immun javobiga taalluqli emas.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Yangi shtammdagi koronavirus bosh miyasiga kirish xususiyatiga ega, deb yozadi yaponiyaning Japan Today nashri Yels universiteti immunologi Akiko Ivasakiga tayangan holda.

Olimlar bosh ogʻrigʻi va fikrlashdagi chalkashliklar singari simptomlar tufayli shunday xulosaga kelganlar.

Shu paytga qadar shifokorlar koronavirus tufayli yuzaga kelayotgan nevrologik oqibatlar anomal immun javob natijasi boʻlishi mumkin, deya hisoblashar edilar. Infektsiyaga organizmning reaktsiyasi miya yalligʻlanishini keltirib chiqarishi taxmin qilinardi.

Tadqiqotlar davomida maʼlum boʻldiki, koronavirus toʻgʻridan-toʻgʻri miyaga kirib, miya toʻqimalari ichida koʻpayish xususiyatiga ega. Olimlarning aniqlik kiritishicha, voqealarning bunday rivojida bosh miyaning sogʻlom toʻqimalari kislorod yetishmovchiligini his eta boshlaydi.

Yels universiteti mutaxassislari koronavirusning miyaga kirish gipotezasini uchta usul yordamida tekshirib koʻrdilar: bu laboratoriyada yetishtirilgan "mini-miya" bilan infektsiyalanish, gen-modifikatsiyalangan sichqonlar va COVID-19 oqibatida vafot etganlar miyasini tadqiq qilish.

Olimlar tomonidan oʻtkazilgan barcha tajribalar shuni tasdiqladiki, koronavirus atrofdagi hujayralarni oʻldiradigan neyronlarni infektsiyalar ekan. Buning oqibatida esa miyaga kislorod borishi juda sekinlashishi maʼlum boʻldi.

Bundan tashqari, mutaxassislar miyaning infektsiyalangan sohalarida immun hujayralar, xususan, T-hujayralarni aniqlay olmaganlar. Bu immun javobning zoʻrayishi koronavirusga chalingan bemorlardagi nevrologik kasallik belgilari bilan umuman aloqador emasligiga ishora qilishi mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1224)

Asosiy mavzular