22:03 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
75 0 0

Poyga toʻgʻridan-toʻgʻri efirda uzatiladi. Musobaqa viloyatlar oʻrtasida oʻtkazilib, ishtirokchilar oʻz hududi birinchi oʻrinni egallashi uchun eng katta masofani bosib oʻtishi kerak boʻladi.

TOSHKENT, 26 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Bosh vazir oʻrinbosari, Samarkand Half Marathon xalqaro xayriya marafoni tashkiliy qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov Samarqand yarim marafonining tashkiliy masalalariga bagʻishlangan onlayn yigʻilish oʻtkazdi.

Unda viloyatlar hokimlari oʻrinbosarlari, Moliya vazirligi, TIV va IIV, FVV, Transport vazirligi va Milliy gvardiya rahbar oʻrinbosarlari qatnashishdi.

Yigʻilish doirasida Samarqand yarim marafonini oʻtkazish bilan bogʻliq qator masalalar muhokama qilindi.

Aziz Abduhakimov bu yil yarim marafon virtual formatda oʻtishi, Samarqandda esa turli mamlakatlarning professional atletlari gʻoliblik uchun kurash olib borishini taʼkidladi.

Poyga toʻgʻridan-toʻgʻri efirda uzatiladi. Musobaqa viloyatlar oʻrtasida oʻtkazilib, ishtirokchilar oʻz hududi birinchi oʻrinni egallashi uchun eng katta masofani bosib oʻtishi kerak boʻladi.

Ilk marta yarim marafon ishtirokchilari uchun ikki qoʻshimcha format taqdim etiladi: bolalar poygasi va skandinaviyacha yurish.

Joriy yilda yarim marafonda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Sevara Nazarxon, gimnastikachi, Olimpiya oʻyinlari sovrindori Oksana Chusovitina, bokschi, 2016 yilgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medal sovrindori Shahram Gʻiyosov va boshqalar qatnashadi.

Samarkand Half Marathon’ni oʻtkazishdan tushgan barcha mablagʻlar Oʻzbekistondagi autizmdan aziyat chekuvchi bolalar internatlaridan birida badiiy studiya ochishga yoʻnaltiriladi, xohlovchilar uchun esa maʼruza va seminarlar ham oʻtkazish rejalashtirilgan.

Marafon odamlarga autizmdan aziyat chekuvchi kishilar dunyosi naqadar rang-barangligi va bunga eʼtibor qaratish qanchalik muhim ekanini anglashda yordam beradi.

Yigʻilish doirasida mamlakatning barcha oʻquv muassasalarida inklyuziyaga eʼtibor qaratish alohida muhokama qilindi. Unda taʼlim tizimi oʻquvchilar bilan suhbat formatiga moslashtirilishi lozimligi, bu inklyuzivlik gʻoyasini interfaol shaklda maksimal qulay darajada yetkazib berishi qayd etildi.

Shu kunlarda butun respublika boʻylab Samarkand Half Marathon xalqaro xayriya poygasi registratsiyasi ochilishiga bagʻishlangan #moviynurtarat aktsiyasi boʻlib oʻtdi. Unda shaharlardagi yirik inshootlar va meʼmoriy obidalar autizmdan aziyat chekuvchi kishilarga hayrixohlik belgisi sifatida hamda ularning ijtimoiy muhitga integratsiyalashuvida duch keluvchi muammolariga eʼtiborni qaratish maqsadida moviy rangda nur taratdi.

Samarkand Half Marathon – Madaniyat va sanʼat jamgʻarmasi tomonidan Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Samarqand viloyati hokimligi koʻmagida tashkil qilinuvchi, har yili oʻtkaziluvchi xayriya poygasi.

Xayriya poygasiga 1 noyabr kuni start beriladi. Unda butun dunyo mamlakatlari fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Asosiy mavzular