05:31 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
44021

Maʼlumotlarga koʻra, mamlakat boʻyicha eng arzon palov Qoraqalpogʻistonda tayyorlanadi. U yerda bir portsiya palov oʻrtacha 13 883 soʻmdan sotilmoqda. Eng qimmat palov esa Buxoro viloyati (18 667 soʻm) va Toshkent shahrida (18 600 soʻm) ekani aniqlangan.

TOSHKENT, 1 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda eng qimmat va eng arzon osh qayerda tayyorlanayotgani maʼlum qilindi
Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston viloyat markaziy hududlari kesimida tayyor palovning oʻrtacha narxlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, mamlakat boʻyicha eng arzon palov Qoraqalpogʻistonda tayyorlanadi. U yerda bir portsiya palov oʻrtacha 13 883 soʻmdan sotilmoqda. Eng qimmat palov esa Buxoro viloyati (18 667 soʻm) va Toshkent shahrida (18 600 soʻm) ekani aniqlangan.

Qayd etilishicha, narxlarni roʻyxatga oluvchi tomonidan kuzatuv oʻtkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar oʻzgarib turadi.

Mazkur maʼlumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning oʻrtacha narxlari hisobga olingan boʻlib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

Asosiy mavzular