00:00 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
78010

Sud boshlanishida "UzAuto Motors" AJ vakili sudga majlisni yopiq tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritgan.

TOSHKENT, 2 okt - Sputnik. Toshkent shahar maʼmuriy sudida "UzAutoMotors" ustidan avtomobillarga qoʻyilgan narxlar boʻyicha appelyatsiya arizasini koʻrib chiqish jarayoni boshlandi.

Maʼmuriy ish sudya Gʻ. Davlatov raisligida koʻrilmoqda, bugungi sud majlisida taraflarning shaxsi aniqlanib, ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi, deyiladi Oliy sud xabarida.

Sud ishi boshida arizachi - "UzAuto Motors" aktsiyadorlik jamiyati vakili sudga sud majlisini yopiq tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritgan.

Iltimosnoma yuzasidan taraflar fikri soʻralgach, sud mazkur iltimosnoma ishni koʻrish jarayonida taraflar tomonidan davlat siri bilan bogʻliq maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan hujjatlar sud muhokamasida koʻrilishi uchun taqdim etilganidan soʻnggina muhokama qilinishi uchun ochiq qoldirilgan va sud ishni mazmunan koʻrib chiqishni boshlagan.

Dastlab soʻz navbati "UzAuto Motors" AJ vakiliga taqdim etilib, vakil oʻz vajida javobgar - Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻtkazilgan tekshirish jarayonida Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-sonli qarori notoʻgʻri tadbiq etilganligi, "UzAuto Motors" AJ tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarga narxlar shakllantirilishida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi qarori tadbiq etilishi lozimligi, jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning narxini kelishish jamiyatning Kuzatuv kengashi vakolatiga kirishi toʻgʻrisidagi vajlar bildirib oʻtilgan.

Shuningdek, arizachi vakili tomonidan Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining maxsus komissiyasi tomonidan "Raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomning 18-bandi talablari buzilgan holda qaror qabul qilinganligi, chunki Maxsus komissiya yigʻilishini oʻtkazishni boshqa kunga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma kiritilgan boʻlsada, "UzAuto Motors" AJga yozma fikr va dalillarni taqdim etish huquqi cheklanganligini bildirdi.

Javobgar vakili tomonidan arizachining vajlariga nisbatan fikr-mulohazalari tinglanganidan soʻng, mazkur vajlarga nisbatan qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etishi toʻgʻrisida fikr bildirildi va sud muhokamasi taqdim etilgan qoʻshimcha dalillarni oʻrganish hamda sud majlisini yopiq tarzda oʻtkazish uchun kiritilgan iltimosnoma yuzasidan hujjatlarni oʻrganish uchun keyinga qoldirildi.

Keyingi sud majlisi 2020 yil 9 oktyabr kuni oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular