21:55 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
147 0 0

Toʻlov-kontrakt miqdori Filial tomonidan Maktabgacha taʼlim, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari hamda Universitet bilan kelishilgan holda belgilanadi.

TOSHKENT, 9 okt - Sputnik. Prezident qarori bilan "A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti" Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi (Universitet)ning Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi.

Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.

Qarorga koʻra, Filial:

* barcha darajadagi mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;

* taʼlim jarayonini rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boradi;

* kadrlar tayyorlashni kunduzgi, keyinchalik sirtqi taʼlim shaklida olib boradi;

* abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazishni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Universitet tomonidan belgilangan talablar va qoidalarga muvofiq amalga oshiradi.

* bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomini beradi.

Shuningdek, Filialga qabul parametrlari Filial tomonidan Moliya, Maktabgacha taʼlim, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirliklari hamda Universitet bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Filialga talabalar davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Toʻlov-kontrakt miqdori Filial tomonidan Maktabgacha taʼlim, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari hamda Universitet bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Asosiy mavzular