03:58 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
Migratsiya (77)
835 0 0

Endilikda, patent uchun talab etiladigan hujjatlarning aksariyat qismi, xususan, rus tili, Rossiya qonunchiligi va tarixini oʻrgatish va tegishli sertifikat berish ishlari Oʻzbekistonda amalga oshiriladi

TOSHKENT, 17 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi "Pasport va viza xizmati" federal davlat unitar korxonasi rahbari S.Mashin boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida uchrashuv tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻi M.Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari va Ichki ishlar vazirliklari vakillari hamda Rossiya Federatsiyasi "Pasport-viza xizmati" rahbari S.Mashin, RUDNning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari A.Kolesnikov ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvda ayni paytda Rossiyada ishlayotgan va ushbu mamlakatda ishlash istagidagi fuqarolar uchun qulayliklar yaratish bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.

Uchrashuvda taʼkidlandiki, Rossiya Federatsiyasi hududida ishlashda talab etiladigan patentni rasmiylashtirish uchun oʻrtacha 20 kundan 30 kungacha vaqt talab etiladi.

Bu vaqt oraligʻida fuqaroning ishlashi mumkin emas va tabiiyki, bu jarayon mehnat migrantlaridan ortiqcha vaqt va xarajat talab etadi. Endilikda, Rossiya "Pasport va viza xizmati"ning Oʻzbekistonda ochilishi rejalashtirilayotgan vakolatxonasi hamda RUDNning mamlakatimizdagi vakolatxonasi orqali patent uchun talab etiladigan hujjatlarning aksariyat qismi, xususan, rus tili, Rossiya qonunchiligi va tarixini oʻrgatish va tegishli sertifikat berish ishlari Oʻzbekistonda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, ketishdan avval tibbiy koʻrikdan oʻtish va Rossiya Federatsiyasi hududiga kirish uchun taqiq bor-yoʻqligini tekshirish imkoniyatini yaqin vaqtda yaratish ham rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari uchun Oʻzbekistonda yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ham maʼlumot berildi.

Mavzu:
Migratsiya (77)

Asosiy mavzular