10:39 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
36620

Korxonalarni transformatsiya qilish jarayonlari bilan birgalikda, ular faoliyat yuritadigan sohada bozor munosabatlari tamoyillariga toʻliq oʻtish, raqobat muhitini shakllantirish hamda xususiy sektorni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining "Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoni bilan transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xoʻjalik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi.

Roʻyxatdan «Navoiy kon-metallurgiya kombinati", "Oʻzbekneftgaz", "Oʻztransgaz", "Hududgaztaʼminot", "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari", "Oʻzbekgidroenergo", "Oʻzkimyosanoat", "Oʻzbekiston pochtasi", "Oʻzbektelekom", "Oʻzdonmahsulot", "Oʻzavtosanoat", "Toshshahartransxizmat", "Oʻzbekiston temir yoʻllari", Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports va boshqa korxonalar oʻrin olgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat aktivlariini boshqarish agentligi 2020 yil 1 dekabrga qadar raqobat muhitiga taʼsir qiladigan imtiyoz va preferensiyalarni xatlovdan oʻtkazib, ularni bekor qilish boʻyicha qaror loyihasini Oʻzbekiston Prezidenti administratsiyasiga kiritadi.

Korxonalarni transformatsiya qilish jarayonlari bilan birgalikda, ular faoliyat yuritadigan sohada bozor munosabatlari tamoyillariga toʻliq oʻtish, raqobat muhitini shakllantirish hamda xususiy sektorni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Asosiy mavzular