01:41 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
220 0 0

Oʻtgan hafta Oʻzgidromet xizmati 12 noyabr kuni ob-havo sharoiti yana oʻzgarishi, Volga boʻyidan sovuq antitsiklon yana respublikaga kirib kelishi haqida xabar bergan edi.

TOSHKENT, 11 noya - Sputnik. Qamchiq dovonida shtorm yuz berishi kutilmoqda, deb xabar berdi Oʻzgidromet xizmati.

"12-13 noyabrda A-373 "Toshkent-Oʻsh" avtomobil yoʻlining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yogʻishi,tuman tushib, koʻrinuvchanlik 50-100 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 18-22 m gacha kuchayishi, yoʻlda qor uyumlari, yaxvonlik hosil boʻlishi kutilmoqda", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Oʻzgidromet 12 noyabr kuni ob-havo sharoiti yana oʻzgarishi, Volga boʻyidan sovuq antitsiklon yana respublikaga kirib kelishi haqida xabar bergan edi.

Oʻzbekiston hududining baʼzi joylarida yomgʻir, togʻli hududlarda qor yogʻadi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi.

Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Yomgʻir davomida kunduzi harorat 8-13 darajagacha pasayadi, bu oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlardan 4-5 darajaga pastdir.

13 noyabr kuni yomgʻir faqat Fargʻona vodiysi hududlarida kuzatiladi, qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq atrofida boʻladi.

Asosiy mavzular