07:17 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
16610

MDH davlatlari tomonidan Ulugʻ Vatan urushi kechgan manzillar boʻylab sayyohlikni rivojlantirish 2021 yilda xalqaro turizm sohasidagi hamkorlikning eng ustuvor vazifasiga aylandi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. MDHga aʼzo mamlakatlarning turizm boʻyicha kengashi turistik sohani qayta tiklash boʻyicha choralarni ishlab chiqmoqda, deb xabar qildi Ijroiya qoʻmitasi tashkiloti matbuot-xizmati.

Onlayn konferentsiya davomida mamlakatlar vakillari bir qator muhim masalalarni muhokama qildilar. Shular orasida eng asosiysi COVID-19 pandemiyasidan aziyat chekkan sayyohlik sohasini tiklashga yoʻnaltiriladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻldi.

Shunday qilib, konferentsiya ishtirokchilari sayyohlik sohasidagi tahdidlarga javob berish uchun ishchi guruh tuzadilar. Bundan tashqari, tashkilot 2021 yilda - MDH hududida turizm sohasini qayta tiklashni ustuvor vazifa sifatida belgilab oldi.

Masofaviy uchrashuvda davlatlar vakillari Ulugʻ Vatan urushi voqealari bilan bogʻliq transchegaraviy sayyohlik marshrutlarini ishlab chiqish qarorini qabul qilishdi.

"Ushbu yoʻnalish xalqaro turizm sohasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilandi", deb taʼkidladi MDH Ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

Mamlakat takliflari asosida tuzilgan bunday marshrut yoʻnalishlar variantlari qoʻmitaning Internet-resurslarida ommaga havola etiladi.

Yigʻilish davomida kengash ishtirokchilari Hamdoʻstlik mamlakatlarida elektron vizalardan foydalanish va chet el fuqarolari uchun vizasiz kirish va chiqishni tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni ham koʻrib chiqdilar.

Asosiy mavzular