15:45 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
794 0 0

Dam olish kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 1-3 daraja sovuq, shimoliy hududlarda esa 4-9 daraja sovuq boʻladi

TOSHKENT, 13 noya - Sputnik. Dam olish kunlari - 14-15 noyabrda Oʻzbekiston hududiga Ural rayonlaridan sovuq havo kirishi kutilmoqda, deb xabar berdi Oʻzgidromet.

"14-15 noyabr kunlari respublika hududiga Ural rayonlaridan sovuq havo kirishi kutilmoqda. 14 noyabrda Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida, 15 noyabrda Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida qisqa muddatli yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), qolgan hududlarda esa yomgʻir kuzatilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin", - deyiladi xabarda.

Dam olish kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 1-3 daraja sovuq, shimoliy hududlarda esa 4-9 daraja sovuq boʻladi, kunduzi esa 6-11 daraja iliq boʻladi, bu oʻrtacha meʼyorlardan 5-7 darajaga pastdir.

Kuni kecha, 12 noyabr kuni Oʻzbekistonga Volgaboʻyi hududlaridan sovuq va nam antitsiklon kirib kelishi natijasida hududlarning katta qismida yomgʻir, togʻli hududlarda esa yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) ga sabab boʻldi.

Respublika boʻylab joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻldi. Faqat Oʻzbekistonning shimoli — gʻarbiy tumanlarida ob-havo yogʻingarchiliklarsiz boʻldi.

Bugun yomgʻir faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechqurunga kelib Surxondaryo viloyatlarida saqlanib qoladi. Qolgan hududlarda esa yogʻingarchiliklar kuzatilishi ehtimoldan yiroq. Havo harorati 6-11 daraja atrofida, oʻrtacha meʼyorlardan 5-7 darajaga pastdir.

Asosiy mavzular