16:00 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
142921

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat va xalq kuchi nimada ekanligi toʻgʻrisidagi savolga javob berdi

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Rossiya kuchi xalq isteʼdodi va qadriyatlardadir, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Putin strategik tashabbuslar agentligining "Yangi davr uchun kuchli gʻoyalar" forumida.

Rossiya yetakchisining aniqlik kiritishicha, gap oʻzaro yordamga kelish qadriyati, mamlakat tarixiga boʻlgan hurmat va vatanparvarlik haqida bormoqda.

Ushbu axloqiy tamoyillar bugungi kunda taʼsirchan, chinakam madaniy va maʼrifiy tashabbuslarda, koʻngillilar va notijorat sektorning ijtimoiy xizmatida, Ulugʻ Vatan urushi haqidagi xotirani saqlaydigan qidiruv harakati ishlarida oʻzini namoyon etmoqda ", dedi Putin.

Ushbu umumiy qadriyatlar tufayli Rossiya aholisi oʻzini yagona xalq his qiladi, deb taʼkidladi prezident.

"Yangi davr uchun kuchli gʻoyalar" forumi 11 noyabrda start olgan. Tadbirdan maqsad - tashabbuskor odamlar hamjamiyatini shakllantirish va Rossiyaning texnologik rivojlanish strategiyasini yaratishdir.

Asosiy mavzular