18:47 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
149 0 0

Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan Oʻzbekistonga havo qatnoviga PZR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi.

TOSHKENT, 14 noya - Sputnik. "Uzbekistan airways" aviakompaniyasi 22-noyabrda Ufadan Toshkentga charter qatnov amalga oshirilishi toʻgʻrisida xabar bermoqda.

Jadval va aviachiptalar narxi bilan aviakompaniyaning saytida tanishish mumkin.

Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan Oʻzbekistonga havo qatnoviga Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (qatnov joʻnashidan oldin kamida 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi.

PZR maʼlumotnomasiga ega boʻlmagan yoʻlovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qoʻyilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, "Uzbekistan airways" AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki mintaqangizdagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin.

Asosiy mavzular