13:57 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
160 0 0

Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi 626 nafar shahar-tuman miqyosidagi amaldorlardir. Toʻqqiz oy davomida korruptsion jinoyatlar oqibatida 200 milliard soʻmdan koʻp zarar yetkazilgan.

TOSHKENT, 19 noya - Sputnik. 2020 yilning 9 oyi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 838 ta korruptsiya holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Shundan sudlarga yuborilgan 454ta jinoyat ishlari boʻyicha 647 ta mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Bu haqda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼlum qilmoqda.

2020 yilning 9 oyi davomida aniqlangan korruptsion huquqbuzarliklar sodir etgan mansabdor shaxslarning eng katta qismi, yaʼni 261 nafar shaxs (40,3%) ni JK ning 167-moddasi(Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish)da koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etgan mansabdor shaxslar tashkil qilgan.

Shuningdek, JK ning 168-moddasi(Firibgarlik) bilan 116 nafar shaxs,  184-moddasi(Byudjet va smeta-shtat intizomini buzish) bilan 68 nafar shaxs, 210-moddasi bilan 56 nafar shaxs, 205-moddasi bilan 24 nafar shaxs, 206-moddasi bilan 9 nafar shaxs, 207-moddasi bilan 15 nafar shaxs, 209-moddasi bilan 7 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi 626 nafar shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan sohalar kesimi boʻyicha tahlil natijalari koʻra, 7 nafar hokim oʻrinbosarlari, 1 nafar prokuratura, 1 nafar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, 13 nafar Majburiy ijro byurosi, 1 nafar adliya, 59 nafar IIV xodimi, 6 nafar DSQ xodimi, 1 nafar bojxona, 2 nafar Milliy gvardiya, 3 nafar Mudofaa vazirligi, 57 nafar sogʻliqni saqlash vazirligi,  8 nafar bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, 15 nafar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, 89 nafar xalq taʼlimi vazirligi, 36 nafar maktabgacha taʼlim vazirligi, 34 nafar bank rahbarlari, 184 nafar ustavida davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.  

2020 yilning 9 oyi davomida korruptsion jinoyatlar oqibatida 200 339 388 soʻmlik moddiy zarar yetkazilgan.

Asosiy mavzular