19:16 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
1112 0 0

Rossiyaning havo orqali yoʻlovchi va yuk tashish bilan shugʻullanuvchi kompaniyalariga Oʻzbekiston, Belarus, Isroil, Livan, Marokash, Ummon, Slovakiya, Finlyandiya, Xorvatiya, Kuba, Kipr va Maldivlarga parvozlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlashdi

TOSHKENT, 19 noya — Sputnik. Rossiyaning litsenziyaga ega aviakompaniyalari 12ta mamlakatga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldilar, deb xabar bermoqda Rosaviatsiya.

Federal havo transporti agentligi taʼkidlashicha, bunday ruxsatnomalarni berish toʻgʻrisidagi qaror buyruqda koʻrsatilgan xalqaro yoʻnalishlarda parvozlar yaqin vaqtda qayta tiklanishini anglatmaydi. Ruxsat - bu aviakompaniya boshqa mamlakatlar bilan parvozlar qayta tiklanganida u foydalanishi mumkin boʻlgan huquqdir.

Rossiya aviakompaniyalari Oʻzbekiston, Belarus, Isroil, Livan, Marokash, Ummon, Slovakiya, Finlyandiya, Xorvatiya, Kuba, Kipr va Maldivlarga parvozlarni amalga oshirish huquqini qoʻlga kiritgan.

Taʼkidlanishicha, shuningdek: Novosibirsk – Buxoro, Yekaterinburg – Buxoro, Krasnodar – Qarshi, Moskva – Navoyi, Sankt-Peterburg – Nukus, Yekaterinburg – Urganch, Sankt-Peterburg – Urganch yoʻnalishlarda parvozlar qayta tiklanishi mumkin.

Sal avval "Ural avialiniyalari" Toshkentdan Moskvaga ikkita parvozni (16 va 23 noyabr kunlari) amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. 23 noyabrga chiptalarni Toshkent, Shota Rustaveli, 28-uy manzilida joylashgan HRG Radius Travel aviakassasidan (moʻljal: №160 maktabning roʻparasi, eski "Okean" doʻkoni) xarid qilish mumkin.

 

Asosiy mavzular