19:13 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
363 0 0

Xususan, u tizim rahbari sifatida qaysi eng ogʻir hududga borib ahvolni tahlil qilgani, zarur amaliy yordam koʻrsatgani toʻgʻrisida aniq misol aytib berolmadi. Shuningdek, hisobot boʻyicha aniq statistik maʼlumotlar boʻlmagan

TOSHKENT, 19 noya - Sputnik. Kuni kecha oʻtkazilgan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oʻn yettinchi sessiyasida viloyat SSB boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga noloyiq deb topildi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" nashri.

Xabarda aytilishicha, viloyatda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom bola tugʻilishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli muhokama qilingan.

Ushbu masalada soʻzga chiqqan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sayfiddin Moʻminovning hisoboti deputatlarni qoniqtirmagan.

Xususan, u tizim rahbari sifatida qaysi eng ogʻir hududga borib ahvolni tahlil qilgani, zarur amaliy yordam koʻrsatgani toʻgʻrisida aniq misol aytib berolmadi. Shuningdek, hisobot boʻyicha aniq statistik maʼlumotlar yoʻq.

Sessiyaga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrmagani, lavozim majburiyatlariga sovuqqon munosabati uchun Moʻminovni egallab turgan lavozimidan ozod qilish taklifi berilgan.

Navbatdagi sessiyada viloyatda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom bola tugʻilishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli toʻgʻrisida sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Jumaniyozovning hisobotini eshitish belgilangan.

Asosiy mavzular