00:47 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
316 0 0

Federatsiya keng jamoatchilikdan milliy "isteʼmol savatchasi" loyihasi ishlab chiqishda faol ishtirok etishni soʻramoqda.

TOSHKENT, 19 noya - Sputnik. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan "isteʼmol savati"ning loyihasi ishlab chiqilmoqda, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan keng jamoatchilik fikriga tayanib, respublikamizning milliy "isteʼmol savatchasi" loyihasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur tashabbus jamoatchilik tashkiloti sifatida Federatsiyaning respublikamizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga oʻzining munosabati sifatida gavdalanadi", - deyilgan federatsiya xabarida.

Federatsiya keng jamoatchilikdan milliy "isteʼmol savatchasi" loyihasi ishlab chiqishda faol ishtirok etishni soʻrab qoladi.

Quyida keltirilgan elektron manzili orqali soʻrovnomada ishtirok etib, milliy "isteʼmol savatchasi" loyihasi ishlab chiqilishiga hissa qoʻshish mumkin.

"Isteʼmol savatchasi" – insonning normal hayot kechirishi uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar hamda xizmatlarning eng minimumini oʻz ichiga oluvchi kategoriyadir. Yaʼni maʼlum bir davlat tomonidan oʻz fuqarolarining normal yashashi uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar hamda xizmatlarning eng kam miqdorini belgilashidir.

Soddaroq aytganda, "isteʼmol savati"ga kiritilgan tovar va xizmatlar yashash uchun zarur boʻlgan eng muhim ehtiyojlarni qondirishga yetishi kerak. Aksariyat taraqqiy etgan mamlakatlarda aholiga beriladigan ijtimoiy nafaqalar aynan "isteʼmol savatchasi"ga, unda qayd etilgan koʻrsatkichlarga koʻra belgilanadi.

Shuningdek, ayni bir davlat tomonidan ishlab chiqilgan "isteʼmol savatchasi" boshqa bir mamlakat uchun toʻliq andoza boʻla olmaydi. Uni ishlab chiqishda mamlakatning iqlim sharoiti, aholi ehtiyoji, shuningdek mahalliy aholining anʼana va odatlari ham alohida rol oʻynaydi. Bugungi kunda "isteʼmol savatchasi"ning yagona maqbul varianti mavjud emas, deyiladi federatsiya bayonotida.

Misol uchun AQShdagi isteʼmol savatiga 300 ta, Buyuk Britaniyada 350, Germaniyada 470 mahsulot va xizmat kiritilgan.

Bu mahsulotlarning oziq-ovqat turiga kiradiganlarining asosiylari non va un mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, yogʻ, goʻsht, tuxum, poliz mahsulotlari, meva-chevalar va boshqalarni tashkil etadi.

Nooziq-ovqat mashulotlariga koʻylak, kostyum, poyafzal, bosh kiyim, paypoq, ichki kiyim turlari, sanitariya va gigiyena mahsulotlari, maktab va taʼlim olish uchun zarur tovarlar kiritiladi.

Sovuq mamlakat uchun qishda issiqlik taʼminoti isteʼmol savatidagi eng muhim xizmat hisoblansa, Afrikaning ayrim mamlakatlari uchun bu xizmatning umuman keragi yoʻq.

Asosiy mavzular