00:35 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
305 0 0

Toshkent shahar hokimligi xabariga koʻra, ayni paytda issiqlik tarmogʻidagi avariyani bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu manzilga zarur texnika va ishchi-mutaxassislar jalb etilgan.

TOSHKENT, 20 noya - Sputnik. Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati xabariga koʻra, Toshkentning katta qismi sovuq kunlarda vaqtincha issiqlik taʼminotisiz qoladi.

"Bugun Olmazor tumani Shimoliy Olmazor koʻchasidan oʻtgan issiqlik tarmoqlari quvurida avariya yuzaga kelganligi sababli quyidagi manzillarda joylashgan barcha aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obʼyektlariga vaqtincha issiqlik energiyasi yetkazib berishi toʻxtatildi", - deyiladi xabarda.

Issiqlik energiyasi yetkazib berishi toʻxtatiladigan manzillar: Sebzor koʻchasi; Gʻafur Gʻulom koʻchasi; O.Bobojonov koʻchasi; Qora Qamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/5, 2/1mavzelari; Muxbir koʻchasi; Niyozov koʻchasi; A.Hidoyatov koʻchasi; TS-12, TS-15, TS-16, TS-17 mavzelari.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda issiqlik tarmogʻidagi avariyani bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu manzilga zarur texnika va ishchi-mutaxassislar jalb etilgan.

Shuningdek, issiqlik tarmoqlari quvurida yuzaga kelgan avariyani bartaraf etish ishlari olib borillayotganligi sababli Usta Shirin koʻchasining Jomiy maydoni aylanma yoʻlidan Shiroq koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilganligi qoʻshimcha qilingan. Shu sababli xaydovchilarga aylanma yoʻlllardan foydalanish tavsiya etiladi.

Asosiy mavzular