13:40 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
69830

Archaning balandligi 40 metrga yaqin boʻladi. Shu kunlarda Xitoydan yangi installyatsiyalarni olib kelinishi kutilmoqda. Yangi yil archasi 20 dekabrga qadar bezatib boʻlinadi, deb xabar qildi mutasaddilar

TOSHKENT, 24 noya - Sputnik. Respbulikaning bosh archasi oʻtgan yilgi singari Yunusobod tumanidagi "Saylgoh" maydonida oʻrnatilmoqda. Archaning balandligi ham bu yil oʻzgarmaydi - oʻtgan yilgi singari 36 metrni tashkil qiladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga mutasaddilar.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
V Tashkente nachali ustanovku Novogodney yolki

Ularning aytishicha, archani toʻliq bezatish ishlari 20 dekabrga qadar yakunlanadi. Shuningdek, tez kunda Xitoydan yangi installyatsiyalarning olib kelinishi kutilmoqda.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
V Tashkente nachali ustanovku Novogodney yolki

"Archaning boʻyi oʻtgan yilgi singari 36 metr boʻladi. Oʻyinchoqlar ham oʻtgan yilgi miqdorda boʻladi. Pandemiya tufayli bu yil bezak ishlarida katta oʻzgarishlar qilinmadi", - deb xabar qildi archaning bezatish ishlariga masʼul xodimlardan biri.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
V Tashkente nachali ustanovku Novogodney yolki

Katta archadan tashqari, har doimgidek, bosh archaning chor atrofiga suratga tushishga ishqibozlar uchun maydaroq archalar ham oʻrnatilmoqda.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
V Tashkente nachali ustanovku glavnoy yolki stranы

 

Asosiy mavzular