13:59 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
30311

Yuridik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Fuqarolarni qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Rossiyasining yuridik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlari bilan hamkorlik bitimi imzolandi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini migratsiya va mehnat toʻgʻrisidagi qonun buzilishi bilan bogʻliq masalalarda huquqiy himoya qilish boʻyicha yuridik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida joriy yilning 8 sentyabridan 15 oktyabr kuniga qadar ochiq tanlov oʻtkazildi.

Tanlov hujjatlariga koʻra, Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini quyidagi hollarda huquqiy himoya qilish koʻzda tutilgan:

- mehnatga haq toʻlash tartibi boʻyicha - ish beruvchi tomonidan hujjat bilan tasdiqlangan qarzdorliklarni undirishga oid daʼvolarni sudgacha boʻlgan tartibda yoki sud tartibida hal qilish;

- mehnat majburiyatlarini bajarish vaqtida mehnat migrantining sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchi tomonidan moddiy va maʼnaviy zararlarni qoplashga oid daʼvolarni sudgacha boʻlgan tartibda yoki sud tartibida hal qilish masalalari;

- ishchining mehnat vazifalarini bajarish jarayonida vafot etganligi natijasida yetkazilgan zararni qoplash yoki mehnat vazifalarini bajarishda sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun moddiy toʻlovlarni undirish yuzasidan sugʻurta polisi yoki Rossiya Federatsiyasi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan sugʻurta toʻlovlariga oid daʼvolarni sudgacha boʻlgan tartibda yoki sud tartibida hal qilish masalalari;

Rossiya Federatsiyasidan maʼmuriy chiqarib yuborish toʻgʻrisida noqonuniy qabul qilingan sud qarorlarini bekor qilish yuzasidan appelyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat kiritish borasidagi yuridik harakatlar.

Bugungi kunda yuqorida koʻrsatilgan hollarda fuqarolarni qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Rossiya Federatsiyasida yuridik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan Agentlik oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Mazkur bitimga koʻra, yuridik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular