11:25 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Yangiliklar
Havola olish
252 0 0

Sumkada qushlar borligini atrofdagilarga sezdirmaslik maqsadida kontrabandachilar qushlarning koʻzi, oyoqlarini bogʻlab, qanotlarini esa skotchlab tashlashgan

TOSHKENT, 8 dek - Sputnik. Qizil kitobga kiritilgan yettita itolgʻi lochinlarni kontrabanda yoʻli bilan Oʻzbekistondan olib chiqib ketishga uringan shaxs qoʻlga olindi. Erkak qushlarni qanotlarini skotchlab, koʻz va oyoqlarini mahkam bogʻlagan holda, sumkaga zich joylab olib ketayotgan boʻlgan. Bu haqda bojxona qoʻmitasi xabar bermoqda.

Erkak Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan birgalikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qoʻlga olingan.

Shaharning chegaradosh hududida harakatlanayotgan shaxs tezkor xodimlar tomonidan kuzatuvga olinganini sezib qolgach, shu yerdagi uylardan biriga qochib kirgan va yashirinishga uringan. Xonadon koʻzdan kechirilib, qochishga uringan shaxsning qoʻlidagi sumkasi ochib koʻrilganida, uning ichida 7 bosh lochin borligi aniqlangan.

Press-slujba Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta
V Bekabade tamojenniki konfiskovali sumku s semyu sokolami-balobanami

Atrofdagilarga kontrabanda tovarni sezdirmaslik maqsadida ushbu shaxs qushlarning koʻzi, oyoqlarini bogʻlab, qanotlarini esa skotchlab tashlagan. ular sumkaga zich holatda joylashtirilgan boʻlib, bu holatni qushlarga nisbatan vahshiylik deb izohlash mumkin.

Hozirda mazkur lochinlar Toshkent hayvonot bogʻida saqlanmoqda. Keltirilgan kuni ularning 4 nafari ogʻir ahvoda boʻlgan. Hayvonot bogʻi veterinarlari tomonidan koʻrsatilgan muolaja va parvarishlardan soʻng ularning ahvoli yaxshilangan.

Amaldagi tartiblarga koʻra, lochinlarga chip oʻrnatilgan va endi ular Xalqaro reyestrga kiritilgan. 90 kunlik karantin sharoitidagi parvarishdan soʻng lochinlar yana ona-tabiat qoʻyniga uchirib yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilda chop etilgan Qizil kitobiga "Itolgʻi" nomi bilan kiritilgan ushbu lochinlar asosan Gʻarbiy Tyan-Shan va Hisor-Oloy togʻ tizmalari hamda Qizilqum choʻlida uchraydi. Soʻnggi hisob-kitoblarga koʻra, mamlakatda bu kabi itolgʻi lochinlari keskin kamayib, hozirda atigi 70 juft saqlanib qolgani taxmin qilinadi.

"Lochinlarni noqonuniy ravishda olib chiqishga uringan shaxslar ularning har birining bahosini oʻrtacha 30 mln. soʻmdan ekanligini taʼkidlashgan. Vaholanki, dunyo boʻylab qora bozorlarda lochinlarning narxi 15 ming AQSH dollaridan 150 ming AQSH dollarigacha baholanadi. Ularning qoʻlga oʻrgatilganlari esa hattoki bir necha million dollar turadi", - deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Asosiy mavzular