TOSHKENT, 8 dek - Sputnik. Ertaga, 9 dekabr kuni Oʻzbekiston regionlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin.
8 dekabr soat 20 dan – 9 dekabr soat 20 gacha
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, biroz qor yogʻishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° sovuq, kunduzi 0-2° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, respublika togʻ oldi va togʻ hududlarining baʼzi joylarida qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq boʻladi.