09:26 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
197 0 0

Yalpi majlisda shuningdek Oʻzbekiston Davlat byudjetining 2020 yil toʻqqiz oyidagi ijrosi muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining oʻninchi yalpi majlisini 2020 yil 18 dekabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Videokonferentsaloqa tarzida oʻtkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.  

  • "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi;
  • "Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarga doir sud qarorlarini qayta koʻrishning protsessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi;
  • "Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarga doir sud qarorlarini qayta koʻrishning protsessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi;
  • "Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi;
  • "Sud hujjatlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi,
  • "Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.
Situatsiya posle vыborov prezidenta v Respublike Uzbekistan
© Sputnik / Valeriy Melnikov

Bundan tashqari, "2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti  toʻgʻrisida"gi, "Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi, "2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020 yil toʻqqiz oyidagi ijrosi muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axboroti, Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti eshitilishi  rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2020-2023 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ijro etilishining borishi toʻgʻrisidagi masala ham muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Kengash majlisida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga doir namunaviy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Asosiy mavzular