17:23 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1351)
368 0 0

Oʻzbekistonda koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarga yangi 2021 yil bayrami tadbirlarini oila davrasida oʻtkazish tavsiya etgan

TOSHKENT, 15 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilgan bemorlarning 33 nafar oʻta ogʻir ahvolda, deyilgan Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati tarqatgan xabarda.

"Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2107 nafar bemordan 174 nafari ogʻir, 33 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda", - deyiladi xabarda.

Koronavirusga chalinganlarning umumiy miqdori 75 241 nafarga yetgan, shulardan 72 522 nafari sogʻaygan va sogʻayish koʻrsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining bayonoti eʼlon qilingan va fuqarolarga yangi 2021 yil bayrami tadbirlarini oila davrasida oʻtkazish tavsiya etilgan edi.

 

Shuningdek, butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini hamda koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish borasidagi xorijiy mamlakatlar ijobiy tajribasini inobatga olgan holda jamoat joylarida niqobdan foydalanish boʻyicha targʻibot ishlarini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1351)

Asosiy mavzular